O`quvchi va talabalarning axborot madaniyatini shakllantirish ta’lim muassasalarida va keyingi bosqichda Oliy ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o`qitish davrida amalga oshiriladi . Shuning uchun, ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini zamonaviy pedagogik va axborot texnoloiyalari asosida o`qitish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu fan, birinchidan umum ta’lim fanlardan biri bo`lib hisblansa, ikkinchidan fan doirasida olingan bilim, malaka va ko`nikmalarni o`quvchilar bo`lg`usi kasbiy faoliyatlarida qo`llay olishlari kerak. Shuning uchun, ta’lim tizimidagi har qanday umum ta’lim fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan ham o`qitishning samaradorligini oshirish uchun kelgusida biz kasbiy faoliyatimizda o`quv maqsadlarimizni aniq va ravshan qo`yishimiz, o`qitishdan ko`zatiladigan natijani belgilashimiz va o`quv jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etishimiz lozim.