Bugungi kunda taraqqiyotni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. O`zbekistonda ta’limni axborotlashtirish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 21-martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori masofaviy o`qitish tizimini shakllantirish, zamonaviy ta’lim resurslari va portallar yaratish hamda ta’limni yanada axborotlashtirishda muhim omil bo`lmoqda.