Hozirgi paytda O’zbekistonda web dasturlash sohasiga bo’lgan talab o’sib bormoqda. Har bir korxona, tashkilot, o’quv muassasalari, taniqli shaxslar o’z shaxsiy web saytlariga ega bo’lmoqdalar. Web dasturchilar bunday saytlarni yaratishda web dasturlash tillariga murojaat qilmoqdalar. Ushbu bitiruv malakaviy ishi ham xuddi shu kabi masalalarni yechishga qaratilgan bo’lib, unda maktabgacha ta’lim muassasalarida onlayn muloqat tizimini yaratish g’oyasi ilgari surilgan. Maktabgacha talim tizimi xozirgi kunda eng muhim tizimlardan hisoblanadi. Prezidentimiz alohida ta’kidlaganidek: “Agar bolalar erkin fikrlashga o`rgansalar berilgan ta’lim samarasi sifatli bo`lishi muqarrar. Buning uchun tarbiyachilarning bosh vazifasi: maktabgacha yoshdagi bolalarni Davlat talablari, Nizom, “Bolajon” dasturi asosida rejalashtirilgan dastur asosida ta’lim-tarbiya berishdir