Xozirgi kunda axborot va kommunikatsiya texnologiya jadallik bilan rivojlanib, jamiyatimizning barcha jabhalariga kirib kelmoqda. Texnologiyalar sohasida kundan-kunga juda ko`p yangiliklar yaratilmoqda. Bunday dinamik texnologiya davrida zamon bilan hamnafas yurish uchun doimiy yangilanishlar olib kirish va doimiy izlanishda bo`lish har bir tashkilotning ustuvor vazifasiga aylanadi. Shu asnoda davlat idoralari va tashkilotlardan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish juda katta samaradorlikka olib boradi.