O’zbekiston xalq xo’jaligini yirik tarmoqlaridan biri sanoat bo’lib unda ish bilan band bo’lgan aholining 1/8 faoliyat ko’rsatmoqda. Sanoat ko’p tarmoqli soha O’zbekistonda uning yuzdan ortiq tarmog’i mavjud. Asosiy fondlarning 40%i sanoatda, yalpi ichki mahsulotning 17%i yana sanoatda yaratiladi. Mamlakatimiz sanoati korxonalarida elektr energiyasi, gaz, neft, ko’mir, benzin, po’lat, avtomobillar, qishloq xo’jaligi mashinalari, elektrodvigatellar, akkumulyatorlar, kabellar, ekskavator, yigiruv mashinalari, samalyotlar, mineral o’g’it, sun’iy tola, oltingugurt kislotasi, turli qurilish materiallari, gazlamalar, un, paxta moyi, guruch, kiyim-kechak va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Tarmoqlarning sanoatda tutgan o’rni har xil.