Respublikamizda bozor iqtisodiyoti turli mulkchilik shakllariga asoslangan xo’jalik yurituvchi subyektlarni ko’paytirish, jumladan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish va boshqaruv faoliyatining rivojlanishini taqozo etdi. Shuningdek, iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va rivojlantirish, yangi investitsiya loyihalarini hayotga tadbiq etish va ularni moliyalashtirishning optimal variantlarini qidirib topish talablarini keltirib chiqardi.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etаdigan navbatdagi muhim ustuvor yo’nalish – bu asosiy etakchi sohalarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikasiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investisiya siyosatini olib borishdаn ibоrаt.