Oʻsimliklar geografiyasi botanika bilan geografiya oʻrtasidagi oraliq fan boʻlib, oʻsimliklarning yer yuzida tarqalishi, tarqalish qonuniyatlarini oʻrganadi. Bu oʻrinda shuni alohida taʼkidlash kerakki, oʻsimliklarning tarqalishi haqida fikr bayon etish uchun oʻsimliklar hayoti ularning xilma-xilligini yaxshi bilib olish zarur.