Kalamushlar dunyoning hamma joyini egallagan kosmopolit turlardan hisoblanadi. Ular uylarni, omborxonalarni, yerto`lalarni, axlatxonalalarni, oqava suvlar chiqadigan joylarni, kanalizatsiyalarni, ariqlar bo`ylarini va keng ekin maydonlar atroflarini “ishg`ol” qilib, ba’zi yillari stixiyali ravishda kupayib insoniyatga misilsiz zarar yetkazgani sir emas.