«Xorshunoslik va xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti» fanining asosiy maqsadi – xor ijrochisi
bo`lish uchun kollej yoki akademik litseyga oqishga kirgan, qolaversa, kelajakda «Xor dirijori»
malakasiga ega bo`lish istagidagi o`quvchi-yoshlarga xor san’ati haqida dastlabki nazariy bilimlarni,
yakkaxon va xor ovozlarining tasnifi, ularning diapazoni va registrlarini, to`g`ri talaffuz qilish
qoidalarini, shuningdek, asosiy musiqa atamalari, musiqiy ifodaviylik vositalarini o`rgatishdir. Bu
fan o`quv rejalariga muvofiq belgilangan semestrda ma’ruzalar tarzida o`tiladi va xor san’atining
insoniyat madaniyatidagi o`rnini yanada chuqurroq, mukammal o`zlashtirib olishlaringizda katta
yordam beradi.
Ma’ruzalarni, musiqiy misollarni tinglab, xorlarning tuzilishi, inson ovozlari, diapazoni, badiiy
imkoniyatlari, rang-barang ijro uslublari haqida aniq tasavvurga ega bo`lishingiz zarur, bu davr
taqozosi, umumbashariy ta’lim talablariga javob beradi. Turli xalqlarda xor ijrochiligining rivojlanishini
taqqoslab o`rganish sizlarning dunyoqarashingizni, bilim chegarangizni kengayib borishiga ko`mak
beradi.
Mashg`ulotlarda xor jamoalari tuzilgandan keyin kompozitorlar tomonidan yozilgan asarlarda
ijrochilik imkoniyatlarining kengayib borishi, janrlar xilma-xilligi haqida, kichik va katta to`liq
xorlar uchun yaratilgan sara asarlar haqida mustaqil izlanishlar orqali bilib, ustoz bilan bahsli
munozaralar uyushtirsangiz maqsadga muvofiz bo`lar edi.
«Xorshunoslik va xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti» fani bo`yicha mashg`ulotlar yakuniy
reyting nazorati o`tkazish bilan tugatiladi. Reyting shakllarini ustoz o`z tajribasidan kelib chiqib
belgilashi mumkin. Quyidagi yo`nalishlarda bilimlarga ega bo`lganligingizni namoyish etishlaringiz
lozim: