Prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida Respublikamiz hukumati paxtachilik va donchilikni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor berib kelmoqda. Buning evaziga paxta hosili yildan-yilga miqdor jihatdan kо`paymoqda, sifati esa yaxshilanmokda.
Mavjud resurslar ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xajmi ortib borayotganligi axolining bu ne’matga bo’lgan talabini kondirishga xizmat qilmoqda. Yog’-moy korxonalari jamoalari fermer xo’jaliklari bilan xamkorlikda moyli ekinlarni takroriy ekin sifatida yetishtirishib, mul xosil olishni ko’zlashmoqda. So’nggi yillarda viloyatlarda, ayniqsa, kungaboqar, kunjut maydonlari kengaytirildi. Sa¬marqand, Qashqadaryo, Buxoro, Jizzax viloyatlari va Qaraqalpog`istonda bu masalaga e’tibor yanada kuchaytirilmoqda. Moy beruvchi xomashyo miqdori korxonalar tomonidan yetishtirilayotgan maxsar, zig’ir, kungaboqar va kunjut hisobiga ortmoqda. Qashqadaryo viloyatidagi 2 ta yog’-moy korxonasi tasarrufidagi qariyb 10 ming gektar maydondagi noan’anaviy ekinlari — soya, maxsar, kungaboqardan yaxshi hosil olinmoqda.