Mustaqillikka erishilgandan keyin o’zbek tilida yaratilgan ijtimoiy-siyosiy asarlarni asliyatdan xorijiy tillarga tarjima qilishda tub burilish yasaldi, ya’ni yangi soha maydonga keldi desak, mubolag’a qilmagan bo’lamiz. To’g’ri, ijtimoiy-siyosiy asarlar ko’plab tarjima qilingan va bu sohada ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Ijtimoiy-siyosiy tarjima borasida G’. Salomov, S. A’zamov, D. Rashidova, F. Saidov, M. Jabborning risola va ilmiy tadqiqot ishlari mavjud.