O`quv qo`llanma 200 soatga mo`ljallangan bo`lib, oliy o`quv yurtining II-III-IV kurs nemis filologiyasi fakulteti va nemis tili bo`limi talabalari uchundir. O`n to`rt mavzuni o`z qamroviga olgan bu kitob yurtimizning mustaqilligi, Respublikamiz siyosiy, ijtimoiy hayotiga oid maqola va xabarlarni nemis tilida o`qish, tushunish va shu mavzuda suhbat yuritish kabi ko`nikmalarni rivojlantirishga qaratilgandir. Qo`llanma davriy matbuotning eng dolzarb mavzulari – gazeta, xalqaro aloqa, bitim, tinchlik uchun kurash, saylov, sessiya, tantana va anjumanlar, ekologiya va biz, radio va televedeniya, SPID va terrorizmga qarshi kurash, geografik nomlar, kitobda qo`llanilgan fe’llar va ularning boshqarish kelishiklari kiritildi. Har bir mavzudan keyin avvalo shu mavzuda uchraydigan so`z va iboralar tarjimasi bilan berilib, undan keyin nemis tilida so`zlashuvchi mamlakatlar gazeta va jurnallarida o`girilishi murakkab bo`lgan so`z va iboralarning izohlari ham kiritildi.