O`quv qo’llanma Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq tayyorlangan bo’lib, unda buxgalteriya balansi va uning tuzilishi, moliyaviy natijalar to`grisida hisobot, asosiy vositalar harakati to`grisida hisobot, pul oqimlari to`grisida hisobot, xususiy kapital harakati to`grisidagi hisobotlarni tuzish va taqdim etish hamda moliyaviy hisobot shakllariga izoh va tushuntirish xatlarini rasmiylashtirishning tartibi nazariy va amaliy jihatdan keng yoritib berilgan. Ushbu qo`llanma oliy o’quv yurtlarining bakalavriat va magistratura talabalari uchun qo`llanma sifatida tavsiya etilgan. Shuningdek, buxgalterlar, auditorlar, menedjerlar va soliq nazoratchilari ham qo’llanma sifatida foydalanishlari mumkin.