Gips sul`fat sinfidagi tabiatda keng tarqalgan mineral hisoblanadi. Tabiiy gipsning quyidagi turlari ma’lum: gips shpati, tolali gips yoki selenit, donali gips, tangali gips, zich gips, ilon tosh, tuproqli gips (gaja). Tashqi ko`rinishi bo`yicha gips rangsiz, shaffof, ba’zida kulrang, to`q kulrang, yashil hattoki qora ranglarda bo`lishi mumkin.