Yoshlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
islohotlarning ustuvor yo‗nalishi va istiqbolini belgilaydi, ularning jamiyat
hayotida egallagan mavqei bevosita mamlakat rivoji va kelajagini ko‗rsatib
beradigan omil hisoblanadi. Darhaqiqat yoshlar tarbiyasi bugungi kunda har
birimizning asosiy ishimiz bo‗lib, unga burch va mas`uliyat nuqtai nazaridan
yondashish ma`naviy va jismoniy sog‗lom avlodni shakllantirish garovidir.
Tarixiy manbalar insoniyat paydo bo‗lgandan buyon uning tarixi doimiy ravishda
tarbiya muammosini hal qilish bilan bog‗liq ekaniga guvohlik beradi. Chunki,
inson hayoti va turmush tarzi, xalq farovonligi, Vatan ravnaqi, jamiyat taraqqiyoti
asosida tarbiya turadi. Yuqoridagi dalillardan ko‗rinib turibdiki, tarbiya masalasi
bir umr asosiy falsafiy-axloqiy, madaniy-ma`rifiy burch va vazifa bo‗lib kelgan va
shunday bo‗lib qolmokda. Zero, tarbiyasiz hech qanday rivojlanish va
taraqqiyotni tasavvur qilib bo‗lmaydi. Chunki, ―faqatgina chinakam ma`rifatli
odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so‗z bilan aytganda, o‗zligini anglash,
erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida
o‗ziga munosib obro‗li o‗rin egallash uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin