Og’zaki va yozma nutqning o’zaro bog’liqligi ularning shakllanish jarayonidagina emas, balki taraqqiy etishida, sayqal topishida ham muhimdir. Davraga chiquvchi notiq dеmoqchi bo’lgan maqsadini to’la bo’lmasa-da, xomaki talqini qogozga tushirib rеjalashtiradi. Nimadan nimaga o’tish, qancha to’xtalish, nimalarni aytish yoki aytmaslik haqidagi chizgilar notiq, so’zlayotgan paytda ham uning ko’z oldida xuddi qog’ozdagidеk hayoliy surati namoyon bo’lib turadi. Aks holda nutq mе’yori buzilib, vaqt cho’zilib kеtishi, auditoriya yaxshi qabul etmasligi mumkin. Qo’pol aytganda, notiq o’zining fikr tizginini jilovlay olmasdan talmovsirab qolishi mumkin.