Insoniyatga, qolavyersa barcha janovarlarga hayot baxsh etadigan atmosfyera havosini hozir asosan ikki manba tabiiy omillar va inson faoliyatining maxsuli antropogen manbalar ifloslantiradi. Antropogen ifloslanishlar asosan sanoat korxonalari avtomobil, havo, temiryo’l suv transportlari chiqindi va ajratmalari, shuningdek turli xil yoqilg`ilar ishlatilishi natijasida paydo bo’ladigan zararli moddalarning havo havzasiga tushishi oqibatida sodir bo’ladi. Hozir fan-texnika rivojlangan bir davrida atmosfyera havosining ifloslanishi tobora kuchayib bormoqda. Atmosfyera havosining doimiy (statsionar) ravishda ifloslantiruvchilarga sanoat korxonalar, kammunal va quvvat ishlab chiqaruvchi ob`ektlari kirsa, harakatdagi ifloslantiruvchilarga esa avtomobil, temiryo’l va havo transport vositalari kiradi.