Ta’lim muassasalarida tayyorlanuvchi mutaxassislar ma’naviy xislatlari va umumkasbiy saloxiyatidan tashqari, avvalo muayyan tanlangan sohaning chuqur bilimdoni bo’lishi xam lozimdir. Buni amalga oshirish uchun o’quvchilar tafakkurini faollashtiruvchi va chuqurlashgiruvchi, shuningdek, ilmiy-o’quv axborotining uzatish jarayonini jadallashtiruvchi va samaradorligini oshiruvchi faol ta’lim texnologiyalari ishlab chiqilishi va amaliyotga keng ko’lamda joriy qilinishi lozim bo’lib qoldi. O’zbekiston yangi ta’lim tizimiga o’tishi munosabati bilan bunday ishlanmalarga extiyoj yanada ortdi. Xususan, keyingi yillarda ta’lim mazmunini va uning samaradorligini miqdoriy baxolash uslublarini ishlab chiqish dolzarb masalaga aylandi.