Biologik xilmaxillik deganda yerda, dengizda va boshqa ekotizimlarda yashaydigan hamda o`sadigan hamma jonli organizmlar tushunilib, ushbu tushunchaga bitta tur doirasidagi, turlararo va ekotizimlar xilmaxilligi ham kiradi (Bioxilmaxillik to`g`risidagi konventsiyaning 2-moddasi)
Bioxilmaxillik resurslarining kamayishi birinchi navbatda inson faoliyati ta’sir oqibatida yuz beradi. Oxirgi 50 yil ichida sayyoramiz aholisi soni 3,5 barobarga, iste’mol qilinayotgan ichimlik suv hajmi 11 barobarga, haydaladigan yerlar maydoni 2 martaga, ro`yxatdan o`tgan transport vositalari soni 10 martaga, neftь mahsulotlaridan foydalanish 7 martaga, elektr stantsiyalari quvvati 21 martaga oshdi.