O’zbеkistonda davlat mustaqilligi e`lon qilgandan buyon chuqur o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mazkur o’zgarishlar iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, mafkuraviy, tashqi siyosat sohalarini qamrab olmoqda.
Har bir jamiyatdagi dеmokratik o’zgarishlar va islohotlar muxim ahamiyatga ega bo’lib, davlatning shu sohadagi muammolarini o’rganish, bir tomondan, O’zbеkistonda xuquqiy isloxotlarning yo’nalishlari va mеzonlari, qadriyatlari va maqsadlarini aniq bеlgilashga yordam bеrsa, ikkinchi tomondan, mamlakatimizda, davlat va xuquq qanday paydo bo’lgan, qanday rivojlangan, uning o’ziga xos xususiyatlari, shakl va ko’rinishlarini o’rganish zaruratini kеltirib chiqaradi.