Mazkur o`quv qo`llanmada muzey ishi tarixi va nazariyasining genezisi va evolutsiyasi, antik va ellinizm davri kolleksiya va kolleksionerlari, gliptoteka, pinokateka, studiola, kunstkamera, Uyg`onish davri galereya va kabinetlari, jahon muzeylarining rivojlanish tendensiyalari va o`ziga xos xususiyatlari bo`yicha mavzular reja asosida keltirib o`tilgan. Bu mavzularni o`zlashtirishi orqali talaba, jahon muzeylarining nodir kolleksiyalarini, muzey faoliyatida yangi informatsion texnologiyalarning qo`llanishini, muzey ekspozitsiyalarini loyihalashning asosiy prinsiplarini, ko`rgazma faoliyatida kompyuter texnologiyalari bilan ishlashni, muzey ashyolarini upakovka va transportirovka qilishni, muzey fondini ro`yxatga olish, saqlash va konservatsiya qilish amaliyotini o`rganishi va ulardan foydalana olish imkoniyatiga ega bo`ladi.