Mikrobiologiya juda mayda, oddiy ko`z bilan ko`rinmaydigan faqat optik asboblar-yorug`lik yoki elektron mikroskoplar yordamida ko`rinadigan mikroorganizmlarni o`ranadi. Mikrobiologiya - grekcha so`z bo`lib, mikros-mayda, bios-hayot va logos-fan demakdir. Mikrobiologiya -mikroskopik zambrug`lar, bakteriya, riketsiyalar, mikoplazma, virus, aktinomitsetlar va mikroskopik suvo`tlarining morfologiyasi, fiziologiyasi, bioximiyasi, genetikasi, ekologiyasi va sistematikasini o`rganadigan fandir.