Psixofizik o`zaro ta’sir tarafdorlari ta’limotiga ko`ra, psixik hodisalar bilan fiziologik hodisalar o`z tabiati e’tibori bilan har hil bo`lsada, bir-biriga o`zaro ta’sir etadi: fiziologik hodisalar psixik hodisalarni vujudga keltiradi, psixik hodisalar esa fiziologik hodisalarga sabab bo`la oladi. Bu qarashga ko`ra, odamning hayot faoliyati go`yo harakatdagi zanjir bo`lib, unda fizik zveno bilan psixik zveno ketmaket kelaveradi.