"Chizma geometriya fazoviy geometriyaning maxsus bo`limi bo`lib, umumiy injenerlik fanlari qatoriga kiradi.
Chizma geometriyaning asosida uch o`lcham (X, Y, Z) bo`yicha proeksiyalash usuli bor. Chizma geometriya tasviriy san’at va texnikaning ko`pgina masalalarini o`z ichiga oladi. Chizma geometriya insoniyatning amaliy faoliyatidagi ehtiyojlari natijasida vujudga keladi."