Terapevtlarning glomerulyar kasalliklar (GK) bilan xomiladorlarni kuzatuvida faol ishtirok etishi xozirgi davrda zaruriyatga aylangan va yana, shu bilan birga, akusher-shifokorlarning xam GK ga qiziqishlari xar davrdagilarga qiyosan keskin oshadi: 86% ga yetib xomiladorlarda ayrim GK lar kelib chiqadilar. Xususan, xomiladorlik davri kasalliklari qatorida quyidagi GK ko`pincha qayd etiladi: piyelonefrit, sistit, glomerulonefrit, siydik-tosh kasalligi, gidronefroz, buyraklar sili, nefroektomiyani boshidan o`tkazgan xomilador ayollar, siydik yo`llarini nuqsonli rivojlanishi, o`tkir buyrak yetishmovchiligi va bizning sharoitda xam qayd qilinmagan bo`lsada, dunyo ko`lamida e`tiborga tusha boshlagan-ko`chirib o`tkazilgan buyraklar bilan xomilador ayollar. Buning asosiy sababi shundan iboratki, gestasiya davrida ayolning siydik ajratish tizimi ancha shiddatlanish bilan faoliyat ko`rsata boshlaydi. Buyraklar organizmdan na faqat onaning metabolizmi maxsulotlarini, balki va yana, xomilanikini xam qo`shib chiqaradilar: bu jarayon buyraklarning filtrasion xususiyatini kuchayishi bilan davom etadi, shunga qaramasdan kanalchalar reabsorbsiyasi deyarli o`zgarmasdan asli darajasida qoladi.