ANNOTATSIYA
Maskur o’quv qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti asosida tuzilgan bo’lib, pedagogika oliygohlarining - Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan bakalavrlarga mo’ljallangan. Ushbu qo’llanmada “Odam anatomiyasi”ning barcha bo’limlari uchun mustaqil ishlash yuzasidan ko’rsatmalar berilgan.
Unda O’zbekistonda anatomiya fanining rivojlanishida hozirgi zamon tushunchalari, artrologiya yoki sindesmologiya bo’limi, sinartroz va diartroz birlashmalar, osteologiya bo’limiga doir, qo’l va yelka kamari suyaklarining tuzilishi, tanada joylashishi, vazifasi, splanxnologiya bo’limi, nafas organlarining takomillashuvi, nevrologiya bo’limi, periferik nerv tizimi, uning ahamiyati, bosh va orqa miya nervlari, teri va