Dissertatsiya ishida quyidagi asosiy masalalar hal etiladi: innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish yo’llari, ularni takomillashtirish hamda samaradorligini oshirishning nazariy va uslubiy asoslarini tadqiq etish; yangi bank xizmatlarini mamlakatdagi iqtisodiy o’sishga ta’sirining ilmiy-amaliy jihatlari o’rganildi. Shuningdek “innovatsion bank xizmatlari” bankning nufuzi hisoblanishini inobatga olib, tadqiqotlar jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy tavsiyalarning amaliyotda qo’llanilishi aynan bank tizimini takomilashuviga yordam beradi.