Ushbu qo`llanma yangi namunaviy va ishchi dastur asosida tayyorlangan hamda gistologiya fani bo`yicha amaliy mashg`ulotlar uchun mo`ljallangan. Qo`llanmada har bir mavzuning avval nazariy qismi va keyin uning amaliy qismi, ya`ni o`tiladigan amaliy mashg`ulotning ketma-ket keladigan tarkibi-darsning maqsad vazifalari, bilish uchun zarur bo`lgan atamalar, na`munaviy savollar, ko`riladigan preparatlar, elektronogrammalar, vaziyatli masalalar, referat uchun mavzu va vaziyatli masalalar keltirilgan. Qo`llanma magistrlar tayyorlash uchun mo`ljallangan, qo`llanmadan bakalavrlar, iqtidorli talabalar, tibbiy biologik va klinik fanlar xodimlari foydalanishi mumkin, chunki unda oxirgi yillarda olingan ayrim ma`lumotlar, mavzuning klinik moxiyati xam imkon darajada keltirilgan.