Umumiy kimyo fanini tibbiyot oliy o`quv yurti talabalari birinchi o`quv yili davomida o`rganadilar. Bu fan quyidagi asosiy bo`limlarni o`z ichiga oladi:
1. Bionoorganik kimyoni biologik sistemalarga qo`llashning nazariy asoslari;
2. Biogen elementlar kimyosi;
3. Biologik ob`yektlar, dori preparatlarning sifat va miqdoriy analiz asoslari.
4. Biofizik kimyoni biologik sistemalarga qo`llashning nazariy asoslari;
5. Fizkolloid kimyoni biologik sistemalarga qo`llashning nazariy asoslari.
6. Kimyoviy jarayonlarning issiqliq effekti.
7. Kimyoviy termodinamika.
8. Kimyoviy kinetika.
Bu o`quv qo`llanma bionoorganik kimyoni o`rganadigan tibbiyot oliy o`quv yurti talabalariga yordam tariqasida tuzilgan. Bu qo`llanma talabalarning amaliy mashg`ulotlarga mustaqil tayyorlanishi uchun zarurdir. Umumiy kimyo kursining maqsadi: talabalarda kimyoviy jarayonlarni o`rganish asosida tirik organizmda kechadigan modda o`zgarishi mahsulotlarini
oldindan sifat va miqdoriy aniqlash ko`nikmalarini fanning hozirgi zamon yutuqlari asosida shakllantirish. Shuningdek, kimyoning muhim nazariy bilimlarini sistemalashtirib, bu bilimlarni tirik organizmda borayotgan normal va patologik holatlardagi jarayonlarga qo`llay bilish va xulosalar chiqarishni o`rgatish.