Mazkur o`quv qo`llanma to`rt bo`limdan tashkil topgan bo`lib, uning birinchi bo`limida hayvonlar organizmida kechadigan kasalliklar haqidagi tushuncha va nazariyalar, kasallikning kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmi, organizmning reaktivligi, organizmdagi umumiy patologik jarayonlar, mahalliy va umumiy o`lim, gipobiotik jarayonlar, giperbiotik jarayonlar, qon va limfa aylanishining mahalliy buzilishlari, yallig`lanish, issiqlik almashinuvining buzilishi, ikkinchi bo`limida organ va sistemalar patologiyasi, ya’ni qon va qon hosil qiluvchi organlar, yurak-tomirlar, nafas, ovqat hazm qilish, jigar, ayiruv va jinsiy organlar, ichki sekretsiya bezlari, nerv sistemasining patologiyasi yoritilgan.