Mazkur o`quv qo`llanma o`rta maxsus mutaxassislar tayyorlash uchun mo`ljallangan. Unda axborot-kutubxona muassasalarining turlari, ularning o`ziga xos xususiyatlari, axborot-kutubxona faoliyatining asosiy jarayonlari, kitobxonlarning o`qish madaniyati va muntazam o`qishini tashkil etish uchun olib boriladigan yakka tartibdagi ishlar, ularning turlari, o `ziga xos xususiyatlari va adabiyotlarni targ`ib etish hamda kitobxonlarning ijodiy qobiliyatini tarbiyalashga yordam beruvchi ommaviy ish usullari, ularning ahamiyati va o`ziga xos xususiyatlari, axborot-kutubxona muassasalarida hamkorlar va homiylar bilan ishlash, budjetdan tashqarida mablag` topish, aholiga axborot-kutubxona xizmati ko`rsatishning pulli usullari, axborot-kutubxona muassasalarida ishni rejalashtirish, hisobot, hisobga olish mavzulari bayon etilgan.