Ushbu darslikda Respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga
moslangan qishloq xo`jaligi mashinalarining asosiy turlari,
jumladan, yerni ekin ekishga tayyorlash mashinalari, g`alla
kombayni, kartoshka kavlash, paxta terish, don tozalash va boshqa
mashinalarining umumiy tuzilishi, sozlanishi hamda texnologik
jarayoni asoslari bayon qilingan. Shu bilan birga, amaliy
mashg`ulotlarni o`tkazish yuzasidan tavsiyalar hamda o`quvchilarning
har bir bob yuzasidan olgan bilimlarini tekshirish uchun
namunaviy test topshiriqlari havola qilingan.