Ushbu o`quv qo`llanmada yengil va yuk avtomobillarining tuzilishi, texnik xizmat ko`rsatish, ta ’mirlash masalalari nazariy tarzda hamda chizma va kompanovkalar bilan to`liq yoritib berilgan. Bunda avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish ishlarini tashkil qilish asoslari hamda avtomobil, agregat, mexanizm va tizimlarda sodir bo`ladigan nosozliklar, ularni aniqlash yo`l-yo`riqlari va bartaraf etish usullari bayon qilingan. Shuningdek, ish o`rnini tashkil qilish, xavfsizlik texnikasi va yong`in xavfsizligi yechimlari ko`rsatilgan.