Ushbu qo`llanma tibbiyot kollejlarining «Tibbiy profilaktika ishi» yo`nalishi bo`yicha ta’lim olayotgan talabalar, shu sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar va tadbirkorlar uchun mo`ljallangan bo`lib, unda mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida gigiyena, sanitariya va epidemiologiya menejmenti fanining maqsad va vazifalari, tibbiy profilaktika xizmatlarini tashkil qilish va moliyalashtirish, boshqarish etikasi, ish yuritishning o`ziga xos xususiyatlari va boshqa qator mavzular yoritilgan.