O`quv qo`llanmada hayvonlami klinik tekshirish natijalariga asoslangan holda kasallikka tashxis qo`yish tartibi, anamnez ma’lumotlari, umumiy tekshirishlar va maxsus tekshirish usullari keltirilgan (ko`rish usuli, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya, termometriya usullari). Ichki yuqumsiz kasalliklar sababini aniqlash, kasallikning rivojlanish mexanizmi, simptomatika va sindromatika, patologoanatomik o `zgarishlarni o `rganish va aniqlash, tashxis va differensial tashxis, davolash muolajalarini tashkil etish, kasallikning oqibati qanday bo`lishi mumkinligini bashorat qilish va profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish ma’lumotlari batafsil bayon etilgan. O`quv qo`llanma veterinariya feldsherlari yo`nalishida kollejlarda ta’lim olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan.