Dunyo aholisining ko`payishi, oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabining kundan – kun oshib borishiga sabab bo`lmoqda. Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabini qondirish maqsadida don va dukkakli ekinlar seleksiya va urug`chilik yo`nalishiga, yetishtirishga jiddiy e`tibor berib kelmoqda. Soya o`simligining yer yuzida keng va ko`p tarqalishi, soya donining tarkibidagi oqsil, moy va boshqa muhim organik va ma`danli moddalarning miqdori va nisbati uni har xil tarmoqlarda qo`llashga imkon beradi. Soya donidan moy, margarin, pishloq, sut, un qandolot mahsulotlari, konservalar ishlab chiqariladi. Yer yuzida ishlab chiqarilayotgan o`simlik moyining 40 foizni soya o`simligiga to`g`ri kelishi hamda respublikamizning o`ziga hos iqlim sharoitida soya yetishtirishning ahamiyati yoritilgan.