Umumta`lim maktablarida tashkil etiladigan yozgi oromgohlarda o`tkaziladigan to`garak mashg`ulotlari o`quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini keng namoyon etish imkoniyatini yaratadi.
Ushbu to`garaklar o`quvchilarda tashabbuskorlikni, mustaqil ishlay olishni va ijodkorlik qobiliyatini o`stirishga yordam beradi.
O`quvchi to`garakda o`z qiziqishi va istagiga ko`ra biror bir narsani o`rganar ekan, to`garak rahbari uni rag`batlantirib turishi va to`g`ri ko`rsatma berib borishi lozim.