Mazkur uslubiy tavsiya umumiy o`rta ta’lim maktablari direktorlari, o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosarlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarlari, to`garak rahbarlari hamda “Barkamol avlod” bolalar markazlari uslubchilari uchun mo`ljallangan.
Ushbu tavsiyada maktabdan tashqari ta’limga qo`yiladigan davlat talablari, umumiy o`rta ta’lim maktablarida uni qo`llash tartibi, to`garak rahbarlarining me’yoriy hujjatlari, to`garak mashg`ulotlari jurnalini yuritish tartibi, umumiy o`rta ta’lim maktablarida o`quvchilarning qiziqishlari bo`yicha tashkil etiladigan to`garaklarning o`quv rejalari namunalari, to`garak mashg`ulotlari jadvallarini shakllantirish tartibi joy olgan.
Ushbu tavsiya Respublika ta’lim markazi huzuridagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar” yo`nalishi bo`yicha Ilmiy-metodik kengashining 2016 yil 6 dekabrdagi
8-sonli yig`ilish qarori bilan foydalanishga tavsiya etilgan.