Ushbu maqolada ta`lim jarayonini isloh qilishda “Boshlang`ich ta`lim Konsepsiyasi” ning ahamiyati keltirib o`tilgan.O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida” gi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta`lim sohasida, xususan, boshlang`ich ta`lim sohasida tubdan islohotlar amalga oshirildi. Boshlang`ich ta`limning mazmuni yangilandi, yangi ishlab chiqilgan davlat ta`lim standarti, o`quv dasturlari asosida esa zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan darsliklar yaratildi.