O, qaldirg’och,qaldirg’och,
Qora ko’zlaring qiyg’och.
Duming o’xshar xivishga,
Qanotlaring qilichga.
Loy ko’tarib shiftda san,
In solishga ustasan.
Me’mormisa,ayt, o’zing,
Buloqdek qaynar so’zing.
Qish kelganda ketasan, 
Janub  tomon yetasan.
Qaytganingda sen takror,
Yurtga keladi bahor