XV asrda Samarqandda Mirzo Ulug`bеk boshchiligida “Astronomiya maktabi” vujudga kеlgandi.1425—1428 yillari Samarqand yaqinidagi Obi Rahmat arig`i yonidagi Ko`hak tеpaligida rasadxona qurilgan. Samarqand madrasasidagi tolibi ilmlar o`zlarining olgan nazariy bilimlarini rasadxonaga kеlib amaliyotga qo`llaganliklari haqida ma’lumotlar mavjud. Ulug`bеk madrasasi va rasadxonasida Qozizoda Rumiy, G`iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi va boshqa olimlar ishlaganlar.