Geografiya-insoniyat yashovchi sayyora, ya’ni Yer haqida to`liq
tasavvur hosil qilish uchun ma’lumot berishga qaratilgan yagona o`quv
fanidir.
Umumiy o`rta ta’lim maktablarida geografiya fanini o`qitish orqali
o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy fikrlay olish
qobiliyatini, aqliy rivojlanishini, o`z-o`zini anglash salohiyatini
shakllantirish va o`stirish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni
tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim olishni davom ettirishlari
uchun zarur bo`lgan bilimlar beriladi.