O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgust
dagi 390-sonli qarori bilan tasdiqlangan umumiy o`rta ta’limning
Davlat ta’lim standartlariga berilgan sharhlar «2004–2009-yillarda Maktab
ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» doirasida qayta ko`rib
chiqildi. Tahlillar asosida Davlat ta’lim standartlari bo`yicha o`quvchilar
o`zlashtirishi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar bir-biridan
ajratildi hamda sinfl ar kesimida alohida-alohida belgilab berildi.
«Barkamol avlod yili» Davlat dasturi hamda O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti Davlat maslahatchisi xizmati va Vazirlar Mahkamasi Ta’lim,
sog`liqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar
kompleksining 2010-yil 17-martdagi qo`shma yig`ilishi
bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, yuqori kasb
mahoratiga ega o`qituvchilar, yetakchi olim va mutaxassislarni jalb etgan
holda, barcha yo`nalishlar bo`yicha ishchi guruhlari tuzildi.
Mazkur ishchi guruhlar tomonidan umumiy o`rta ta’limning Davlat
ta’lim standartlari, o`quv dasturlari va darsliklari uzviyligi, uzluksizligi
hamda o`quvchilarning yosh va psixofi ziologik xususiyatlariga mosligi
tahlil qilindi.