O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi
390-sonli qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o`rta ta’limning Davlat
ta’lim standartlari berilgan sharhlar «2004–2009-yillarda Maktab ta’limini
rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» doirasida qayta ko`rib chiqildi.
Tahlillar asosida Davlat ta’lim standartlari bo`yicha o`quvchilar o`zlashtirishi
lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar bir-biridan ajratildi hamda sinflar
kesimida alohida-alohida belgilab berildi.
«Barkamol avlod yili» Davlat dasturi hamda O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti Davlat maslahatchisi xizmati va Vazirlar Mahkamasi Ta’lim,
sog`liqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar
kompleksining 2010-yil 17-martdagi qo`shma yig`ilishi bayonida
belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, yuqori kasb mahoratiga
ega o`qituvchilar, yetakchi olim va mutaxassislarni jalb etgan holda, barcha
yo`nalishlar bo`yicha ishchi guruhlari tuzildi.