O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi
390-sonli qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o`rta ta’limning Davlat
ta’lim standartlariga berilgan sharhlar «2004–2009-yillarda Maktab
ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» doirasida qayta ko`rib
chiqildi. Tahlillar asosida Davlat ta’lim standartlari bo`yicha o`quvchilar
o`zlashtirishi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar bir-biridan ajratildi
hamda sinfl ar kesimida alohida-alohida belgilab berildi.
«Barkamol avlod yili» Davlat dasturi hamda O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti Davlat maslahatchisi xizmati va Vazirlar Mahkamasi Ta’lim,
sog`liqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar
kompleksining 2010-yil 17-martdagi qo`shma yig`ilishi bayonida
belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, yuqori kasb mahoratiga
ega o`qituvchilar, yetakchi olim va mutaxassislarni jalb etgan holda, barcha
yo`nalishlar bo`yicha ishchi guruhlari tuzildi.
Mazkur ishchi guruhlar tomonidan umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasbhunar
ta’limining Davlat ta’lim standartlari, o`quv dasturlari va darsliklari
uzviyligi, uzluksizligi hamda o`quvchilarning yosh va psixofi ziologik xususiyatlariga
mosligi ikki bosqichda tahlil qilindi.
Birinchi bosqichda umumiy o`rta ta’limda o`qitiladigan 24 ta o`quv
fani bo`yicha DTS, o`quv dasturi va darslik mazmuni sinfl ar kesimida tahlil
qilinib, tegishli xulosa va taklifl ar tayyorlandi.