O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi 390-sonli qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o`rta ta’limning Davlat ta’lim standartlariga berilgan sharhlar «2004–2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» doirasida qayta ko`rib chiqildi. Tahlillar asosida Davlat ta’lim standartlari bo`yicha o`quvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar bir-biridan ajratildi hamda sinfl ar kesimida alohida-alohida belgilab berildi. «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi xizmati va Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog`liqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar kompleksining 2010-yil 17-martdagi qo`shma yig`ilishi bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, yuqori kasb mahoratiga ega o`qituvchilar, yetakchi olim va mutaxassislarni jalb etgan holda, barcha yo`nalishlar bo`yicha ishchi guruhlari tuzildi. Mazkur ishchi guruhlar tomonidan umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasbhunar ta’limining Davlat ta’lim standartlari, o`quv dasturlari va darsliklari uzviyligi, uzluksizligi hamda o`quvchilarning yosh va psixofi ziologik xususiyatlariga mosligi ikki bosqichda tahlil qilindi.