O`qituvchi yosh avlodning madaniy va ma`naviy dunyosi me’mori,
jamiyatning ishonchli kishisidir. Jamiyat o`qituvchiga eng qimmatli bo`lmish
bolalarni, o`z umidini, o`z kelajagini ishonib topshirgan. O`z umrini shu
kasbga bag`ishlagan insondan jamiyat doimiy ijodkorlikni, tinimsiz fikrlashni,
zo`r qalb sahovatini, bolalarga mehr-muhabbatini, ishga astoydil sadoqatni
talab qiladi.
O`quvchilarda fizikaga qiziqish uyg`ota olish, ularning kelajakda shu
fanga nisbatan qanday munosabatda bo`lishi aynan fizika o`qituvchisiga bog`liq.
Ijodiy ishlaydigan o`qituvchining darslari xilma-xil bo`ladi. Buning
uchun u doimiy ravishda izlanishi, o`z ustida muntazam ishlashi, bilimini
to`ldirib borishi lozim. Aksariyat o`qituvchilar har bir darsni ham
mazmunli, ham qiziqarli qilib o`tishga intiladilar. Fizika fanining o`ziga xos
xususiyati ham shundadir. Shunday ekan, darsni, albatta, ilmiy darajasiga
putur yetkazmagan holda qiziqarli ravishda o`tish lozim.