Mazkur uslubiy qo`llanmaning maqsadi – o`quvchilarni faol ta’lim olish jarayoniga jalb qilish, ularning bilim, ko`nikma va malakalarini oshirishda umumta’lim maktablarida fizika fani bo`yicha o`quv materiallarini puxta o`zlashtirish, o`quv-laboratoriya asbob va jihozlaridan samarali foydalanishda o`qituvchilarga yaqindan yordam berishdir.