Boshlang`ich sinflarda nazorat ishlarini tashkillashning asosiy bosqichlarini o’tkazishdan maqsad shundan iboratki, matematika darslarida ta’lim olayotgan o`quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini Shakllantirish,mustaqil ishlash ko’nikmalarini hosil qilish, yo`llarini o`rganadilar.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijaga erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, o’quvchilar egallagan bilim, ko’nikma va malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat talab etadi. Bu muhim vazifani amalga uchun har bir o’qituvchida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish malakasi bo’lishi zarur.