4 – sinf. Ona tili. II chorak.
Mavzu: So`z turkumlari ( takrorlash).
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: o`quvchilarning so`z turkumlari yuzasidan egallagan bilimlarini amaliyotda qo`llay olish malakalarini aniqlash va rivojlantirish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash orqali vatanni sevish, tabiatni asrab-avaylashga o`rgatish;
c) rivojlantiruvchi: turli didaktik vositalar orqali o`quvchilarning so`z boyligini orttirish, epchillik va topqirlikka o`rgatish. O`quvchilarga kuzatuvchanlik, eslab qolish va esda qolganlarni og`zaki va yozma tarzda bayon qilishga o`rgatish orqali o`quvchilarni erkin va ijodiy fikrlashga o`rgatish.
Dars turi: takrorlash, o`tilganlarni tizimlashtirish, umumlashtirish va mustahkamlash darsi.